QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZLARI VA TABIIY EKOTIZIMLARIDA BO‘G‘IMOYOQLILAR RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI EKOLOGIK OMILLAR TASNIFI.

Mualliflar

  • Nariman Karimov Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Lalaxan Toreniyazova Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Xojiakbar Ismoilov Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrobiotsenozlari va ularga tutash tabiiy ekotizimlarda uchraydigan bo‘g‘imoyoqlilar rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekologik omillar tasnifi tahlil qilingan. Tadqiqot materiallarini 2015–2019-yillarda Chimboy, Kegeyli va Nukus tumanlarida olib borilgan kuzatuvlar tashkil etadi. Bo‘g‘imoyoqlilar tarkibida hasharotlar (Insecta), kanalar (Acari), ko‘poyoqlilar (Myriapoda) va qisqichbaqasimonlar (Crustacea) guruhlari ko‘rib chiqilgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, hasharotlar o‘rganilgan biotoplarda uchrash darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega guruh sifatida qayd etilgan. Kanalar, ayniqsa, g‘o‘za maydonlarida ko‘p uchragan. Bo‘g‘imoyoqlilar rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekologik omillar abiotik, gidro-edafik, biotik va antropogen yo‘nalishlarda tizimlashtirilgan. Bunda gidro-edafik omillar abiotik omillarning tarkibiy qismi sifatida qaralib, suv va tuproq sharoitlarining ekologik ahamiyatini alohida tahlil qilish uchun mustaqil tahliliy guruh sifatida ajratilgan. Ayrim kuzatuvlarda 24–27 °C harorat va 40–60 foiz nisbiy namlik muayyan turlar faolligi uchun qulay sharoit sifatida qayd etilgan. Yuqori harorat davrlarida ayrim hasharotlarning oziqlanish va harakat faolligi pasaygani kuzatilgan. Taklif etilgan tizimli yondashuv bo‘g‘imoyoqlilar ekologik talablarini tahlil qilish, zararkunandalar monitoringini takomillashtirish hamda integratsiyalashgan himoya tadbirlarini ekologik jihatdan asoslashda qo‘llanishi mumkin.

Mualliflar haqida

  • Nariman Karimov, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    Bioxilmaxillikkni saqlash laboratoriyasi mudiri

  • Lalaxan Toreniyazova, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    Bioxilmaxillikkni saqlash laboratoriyasi mudiri kichik ilmiy xodim, b.f.n.

  • Xojiakbar Ismoilov, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    Bioxilmaxillikkni saqlash laboratoriyasi mudiri kichik ilmiy xodimi

Nashr etilgan

2026-11-17