Jurnal haqida
"Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari (Nature-Based Solutions to Environmental Problems – NBSEP)" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2023-yildan buyon har yili tashkil etib kelinmoqda. Anjuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish sohalaridagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qilish, innovatsion ilmiy ishlanmalarni ommalashtirish hamda mahalliy va xorijiy olimlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Anjuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University), Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) hamda boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Konferensiya dasturi ekologiya va iqlim o‘zgarishining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, quyidagi asosiy ilmiy sho‘balarda tashkil etiladi:
- biologik xilma-xillikni saqlashda innovatsion ilmiy-amaliy yondashuvlar;
- iqlim o‘zgarishiga chidamli integrallashgan suv resurslarini boshqarish;
- atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarb muammolari va amaliy yechimlari;
- chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning innovatsion texnologiyalari;
- "yashil" iqtisodiyot va barqaror rivojlanish;
- ekologik madaniyat, ta'lim, ma'rifat va turizm;
- ekologiyada raqamli texnologiyalar va matematik modellashtirish.
Anjuman materiallari ilmiy tahrirdan o‘tkazilib, elektron maqolalar to‘plami shaklida nashr etiladi hamda nbsep.uz platformasiga joylashtiriladi. To‘plamda nashr etilgan maqolalar Google Scholar ilmiy bazasida indekslanadi.
Anjuman mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda soha mutaxassislari uchun ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlarini ishlab chiqish, ilg‘or tajribalarni almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi nufuzli ilmiy maydon hisoblanadi.