«Atrof-muhit muammolarini hal qilishda tabiatga asoslangan yechimlar (NBSEP)» — xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024-yil 28–29-noyabr kunlari «Atrof-muhit muammolarini hal qilishda tabiatga asoslangan yechimlar (NBSEP)» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar:
- Biologik xilma-xillikni saqlash va muhofaza qilishda ilmiy-amaliy yondashuvlar.
- Atmosfera havosi, yer va suv resurslarini muhofaza qilish muammolari.
- Chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishdagi yangi texnologiyalar.
- «Yashil» iqtisodiyot va «yashil» oʻsishga oʻtish: muammo va yechimlar.
- Ekologik madaniyat, taʼlim va targʻibot.
- Tabiatga asoslangan yechimlar orqali ekotizimlarni tiklash.
Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilindi (hajmi 3 betdan kam boʻlmasligi lozim). Eng yaxshi maqolalar Scopus bazasidagi jurnal va «Ekologiya xabarnomasi» jurnalining maxsus sonida chop etildi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2024-yil 20-noyabr.
Anjuman kuni: 2024-yil 28–29-noyabr (bevosita va masofaviy ishtirok).
E-mail: nbsep.uz@yahoo.com
Manzil: 111104, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi, 2-uy.
Murojaat uchun: Ulugʻbek Mamajonov (+99890) 946 22 42.
Toʻliq maʼlumot uchun quyidagi axborot xatini (PDF) yuklab oling.