«Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari (NBSEP)» — III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2025-11-01

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) hamda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ICARDA, IUCN va CARITAS (Shveytsariya) hamkorligida 2025-yil 19–20-dekabr kunlari «Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari (NBSEP)» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazadi.

Asosiy ilmiy yoʻnalishlar:

  1. Biologik xilma-xillikni saqlashda innovatsion ilmiy-amaliy yondashuvlar.
  2. Iqlim oʻzgarishiga chidamli integrallashgan suv resurslarini boshqarish.
  3. Atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarb muammolari va amaliy yechimlari.
  4. Chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning innovatsion texnologiyalari.
  5. «Yashil» iqtisodiyot va barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar.
  6. Ekologik madaniyat, taʼlim, maʼrifat va turizm.
  7. Ekologiyada raqamli texnologiyalar va matematik modellashtirish.

Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi (hajmi 6 betdan kam boʻlmasligi lozim). Eng yaxshi maqolalar Scopus bazasidagi jurnal va «Ekologiya xabarnomasi» jurnalining maxsus sonida chop etiladi.

Materiallarni qabul qilish muddati: 2025-yil 10-dekabrgacha.
Anjuman kuni: 2025-yil 19–20-dekabr (bevosita va masofaviy ishtirok mumkin).
E-mail: nbsep.uz@yahoo.com
Manzil: 111104, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi, 2-uy.
Murojaat uchun: Ulugʻbek Mamajonov (+99890) 946 22 42.

Toʻliq maʼlumot uchun quyidagi axborot xatini (PDF) yuklab oling.