«Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari (NBSEP)» — III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) hamda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ICARDA, IUCN va CARITAS (Shveytsariya) hamkorligida 2025-yil 19–20-dekabr kunlari «Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari (NBSEP)» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazadi.
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar:
- Biologik xilma-xillikni saqlashda innovatsion ilmiy-amaliy yondashuvlar.
- Iqlim oʻzgarishiga chidamli integrallashgan suv resurslarini boshqarish.
- Atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarb muammolari va amaliy yechimlari.
- Chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning innovatsion texnologiyalari.
- «Yashil» iqtisodiyot va barqaror rivojlanish: muammo va yechimlar.
- Ekologik madaniyat, taʼlim, maʼrifat va turizm.
- Ekologiyada raqamli texnologiyalar va matematik modellashtirish.
Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi (hajmi 6 betdan kam boʻlmasligi lozim). Eng yaxshi maqolalar Scopus bazasidagi jurnal va «Ekologiya xabarnomasi» jurnalining maxsus sonida chop etiladi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2025-yil 10-dekabrgacha.
Anjuman kuni: 2025-yil 19–20-dekabr (bevosita va masofaviy ishtirok mumkin).
E-mail: nbsep.uz@yahoo.com
Manzil: 111104, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi, 2-uy.
Murojaat uchun: Ulugʻbek Mamajonov (+99890) 946 22 42.
Toʻliq maʼlumot uchun quyidagi axborot xatini (PDF) yuklab oling.