YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDA XALQARO TAJRIBA: SKANDINAVIYA DAVLATLARI MISOLIDA

Mualliflar

  • Nabibullayeva Raxshona Zayliddinovna Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Kalit so‘zlar:

yashil iqtisodiyot, Skandinaviya modeli, uglerod solig‘i, ajralish (decoupling), qayta tiklanuvchi energiya, iqlim qonuni, yashil obligatsiyalar, xalqaro tajriba.

Annotatsiya

Maqolada Shvetsiya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiyaning yashil iqtisodiyotga o‘tish tajribasi Eurostat, OECD, milliy statistika idoralari va hukumat hisobotlari asosida tahlil qilingan hamda O‘zbekiston ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan. 1990-yildan buyon ushbu mamlakatlarda issiqxona gazlari chiqarilishi 14–53 foizga kamaygani, O‘zbekistonda esa sof emissiya 41 foizga oshgani ko‘rsatilgan. Tapio koeffitsiyenti bo‘yicha barcha Skandinaviya davlatlarida iqtisodiy o‘sishning emissiyadan mutlaq ajralishi (e = –2,24…–0,07), O‘zbekistonda esa nisbiy ajralish (e = 0,17) kuzatilgani aniqlandi. Muvaffaqiyatning asosiy omillari sifatida 1990–1992-yillarda joriy etilgan uglerod solig‘i (2025-yilda 62–146 €/t), majburiy iqlim qonunlari, qayta tiklanuvchi energetika, poligonlarga ko‘mishni cheklash va rivojlangan yashil moliya bozori ajratib ko‘rsatilgan. Natijalar asosida Skandinaviya instrumentlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish modeli va 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi taklif etilgan.

Muallif haqida

  • Nabibullayeva Raxshona Zayliddinovna, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) katta o‘qituvchisi

    Yangi O‘zbekiston Universiteti doktoranti

Nashr etilgan

2026-11-17