TO‘KILGAN DARAXT BARGLARINING EKOLOGIK TA’SIRI VA ULARDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI
Kalit so‘zlar:
to‘kilgan barglar, xazon, lignotsellyuloza, bioyoqilg‘i, briket, og‘ir metallar, biofiltratsiya, bioko‘mir, kompost, aylanma iqtisodiyot.Annotatsiya
Maqolada shahar va tabiiy ekotizimlarda to‘kilgan daraxt barglarining ekologik vazifalari, atmosfera changi hamda og‘ir metallarni to‘plash xususiyatlari, xazonlarni ochiq yoqish va poligonlarga joylashtirish oqibatlari tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar sharhi asosida xazon biomassasidan yoqilg‘i briketi, ekologik toza hududlarda yig‘ilgan barglardan ozuqa briketi, bioko‘mir, kompost va biogaz olish yo‘nalishlari qiyoslanadi. Shahar xazonlaridan foydalanishda xomashyoni tozalash, ifloslanish darajasini nazorat qilish va mahsulot turini xomashyo kelib chiqishiga qarab tanlash zarurligi asoslanadi. Tozalangan barg biomassasini zichlashtirish aylanma iqtisodiyot tamoyillariga mos keluvchi istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqiladi.