O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT ISTIQBOLLARI
Аннотация
Maqolada O‘zbekistonning «yashil» iqtisodiyotga o‘tish jarayoni rasmiy statistika, me’yoriy hujjatlar va xalqaro tashkilotlar hisobotlari asosida tahlil qilingan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) quvvati 2015–2025-yillarda 1 882 MVt dan 10 027 MVt ga yetgani, ularning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi esa 2023-yildagi 9,7 foizdan 2025-yilda 19,4 foizga oshgani ko‘rsatilgan. Tapio koeffitsiyenti bo‘yicha 2010–2022-yillarda iqtisodiy o‘sish va issiqxona gazlari chiqarilishi o‘rtasida kuchsiz (nisbiy) ajralish (e = 0,17) kuzatilgani aniqlandi. 2030-yilgacha belgilangan yetti asosiy maqsadga erishish darajasini o‘lchovchi integral indeks 65,6 foizni tashkil etdi; suv tejash va uglerod sig‘imi bo‘yicha maqsadlar bajarilgan bo‘lsa, maishiy chiqindilarni qayta ishlash va energiya sig‘imini kamaytirish yo‘nalishlari ancha orqada qolmoqda. Natijalar asosida «yashil» o‘sishning besh ustunli modeli va uni 2027–2030-yillarda bosqichma-bosqich joriy etish rejasi taklif qilingan.