BUXORO VILOYATIDA IQLIM O‘ZGARISHI VA ANTROPOGEN OMILLAR SHAROITIDA YER RESURSLARINING EKOLOGIK HOLATI(2000–2025-YILLARGA OID ILMIY-STATISTIK MA’LUMOTLAR TAHLILI)

Mualliflar

  • Muxtorova Halima Aminjon qizi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Kalit so‘zlar:

Buxoro viloyati, sug‘oriladigan yerlar, tuproq sho‘rlanishi, yer osti suvlari, suv-tuz balansi, kollektor-drenaj tizimi, GIS, masofadan zondlash.

Annotatsiya

Maqolada Buxoro viloyatining sug‘oriladigan yerlariholatiga ta’sir etuvchi iqlimiy, gidrologik va antropogen omillartahlil qilinib, yer resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha amaliytakliflar ishlab chiqildi. Asosiy tahlil davri 2000–2025-yillarni qamrab oldi. Tadqiqot Milliy statistika qo‘mitasining SIAT ma’lumotlari, ilmiy adabiyotlarda keltirilgan meliorativkuzatuvlar, suv-tuz balansi hisob-kitoblari va ICARDA geofazoviy hisoboti natijalarini umumlashtirishga asoslandi. Tavsifiy-statistik va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanilib, manbalarning kuzatuv davri, hududiy qamrovi va metodikfarqlari hisobga olindi. SIAT ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan ekin maydoni 2010–2024-yillarda 242 438 gektardan 250 500 gektarga ko‘paygan, biroq bu o‘zgarishyerlarning meliorativ holati yaxshilanganini bevositatasdiqlamaydi. Tahlil qilingan manbalarda 2020-yilda nazoratbilan qamrab olingan sug‘oriladigan yerlarning 85,3 foizi turlidarajada sho‘rlangani qayd etilgan. Shuningdek, 2000–2013-yillarda yer osti suvlarining o‘rtacha sathi yer yuzasiga 0,38 metr yaqinlashgan. 2019–2020-yillarda viloyat bo‘yicha manfiytuz balansi kuzatilganiga qaramay, Shofirkon va G‘ijduvontumanlarida musbat qiymatlar qayd etilgani mahalliy meliorativsharoitlar o‘rtasidagi tafovutlarni ko‘rsatadi. ICARDA hisobotida Buxoro bo‘yicha geofazoviy tahlil qilinganmaydonning 39,6 foizi kuchli va ekstremal degradatsiyasinflariga ajratilgan; ushbu baho hisobotning hududiy qamroviva tasniflash metodikasi doirasida talqin qilindi. Natijalarsug‘orish va drenajni muvofiqlashtirilgan holda boshqarish, suv-tuz balansini tumanlar va sug‘orish massivlari kesimidamuntazam hisoblash hamda GIS monitoringini dala kuzatuvlariva laboratoriya tahlillari bilan uyg‘unlashtirish zarurliginiko‘rsatadi.

 

 

 

Muallif haqida

  • Muxtorova Halima Aminjon qizi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    3-kurs talabasi

Nashr etilgan

2026-11-17