ARNASOY SUV OMBORI HUDUDIDA METEOROLOGIK O‘ZGARUVCHANLIK VA TABIIY RESURSLARNI BARQAROR BOSHQARISH: 2013–2025-YILLAR KUZATUVLARI ASOSIDA EKOLOGIK-IQTISODIY USTUVORLIKLAR

Mualliflar

  • Umida Umarova Markaziy Osiyo iqlim o’zgarishini o’rganish (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti stajyor tadqiqotchisi. Author

Kalit so‘zlar:

G‘arbiy Arnasoy, meteorologik monitoring, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, shamol tezligi, ekotizim xizmatlari, tabiatga asoslangan yechimlar

Annotatsiya

Maqolada Arnasoy suv ombori hududida joylashgan G‘arbiy Arnasoy meteorologik stansiyasining 2013–2025-yillardagi oylik kuzatuvlari tabiiy resurslarni barqaror boshqarish nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. 2014–2024-yillarda shamolning yillik o‘rtacha tezligi 2,02–3,00 m/s oralig‘ida bo‘lib, chiziqli trend +0,0845 m/s/yilni tashkil etdi (r=0,931; p≈0,00003). Nisbiy namlik (−0,236 foiz punkt/yil; p≈0,272) hamda 2022-yil chiqarib tashlangan harorat qatori (+0,100 °C/yil; p≈0,186) trendlari statistik ahamiyatli emas. Yog‘in bo‘yicha bo‘sh kataklar nol sifatida qabul qilinmadi. Olingan natijalar asosida qirg‘oqbo‘yi o‘simliklarini saqlash, ochiq tuproqli uchastkalarni kuzatish va tabiatga asoslangan tadbirlarni ekologik hamda iqtisodiy mezonlar bo‘yicha keyinchalik sinash tavsiya etildi. Iqtisodiy samaradorlik miqdoran baholanmadi.

Nashr etilgan

2026-11-10