TOSHKENT SHAHRIDA YASHIL INFRATUZILMANI HUDUDIY USTUVORLASHTIRISH UCHUN GIS-MCDA MEZONLARINI SHAKLLANTIRISH
Аннотация
Shahar hududlarining kengayishi, issiqlik yuklamasining kuchayishi va yashil maydonlarning notekis taqsimlanishi yashil infratuzilmani qayerda birinchi navbatda rivojlantirish kerakligini ilmiy asosda belgilashni talab qiladi. Maqolaning maqsadi Toshkent shahri uchun yashil infratuzilmani hududiy ustuvorlashtirishda qo‘llanadigan GIS-MCDA mezonlar tizimini shakllantirishdir. Ilmiy adabiyotlar va Toshkentga oid tadqiqotlar tahlili asosida mezonlar ikki blokka ajratildi: ekologik-ijtimoiy ehtiyojni ifodalovchi Need Index hamda yashillashtirishni amalga oshirish imkoniyatini ifodalovchi Feasibility Index. Need Index uchun NDVI, LST, NDBI, aholi zichligi va yashil hududlarga kirish imkoniyati; Feasibility Index uchun yer foydalanishi, bo‘sh maydonlar, suv va sug‘orish, tuproq xususiyatlari hamda yashil tarmoq bilan bog‘liqlik taklif etildi. Mezonga vazn berishda AHP, fazoviy integratsiyada GIS-MCDAdan foydalanish tavsiya qilindi. Ushbu maqolada yakuniy Priority Map hisoblanmaydi; taklif etilgan tizim keyingi empirik tadqiqot uchun metodologik asos yaratadi.