SHAHAR CHIQINDILARI OQIMINI RAQAMLI HISOBGA OLISH ORQALI QAYTA ISHLASH DARAJASINI OSHIRISH (TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA)
Аннотация
Ushbu maqolada Toshkent shahrida maishiy chiqindilar oqimini raqamli hisobga olish orqali ularni qayta ishlash darajasini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Osiyo taraqqiyot banki va rasmiy statistik ma’lumotlari asosida shaharda bir kunda hosil bo‘ladigan chiqindilarning tarkibi va qayerga yuborilishi tahlil qilingan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kuniga hosil bo‘ladigan qariyb 3 ming tonna chiqindining 72,8 foizini organik va qayta ishlanadigan materiallar tashkil etsada, uning asosiy qismi poligonga ko‘milmoqda. 2030-yilgacha bo‘lgan ikki ssenariy taqqoslanib, qayta ishlash darajasi hozirgi holatda qolsa, Ohangaron poligonining sig‘imi 2029-yildayoq to‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Chiqindini hosil bo‘lgan joyidan qayta ishlash korxonasigacha kuzatib boradigan yagona elektron reestrni joriy etish taklif qilingan.