SIRKULYAR BIZNES MODELLAR XALQARO TAJRIBASI: YAPONIYA MISOLIDA
Ключевые слова:
sirkulyar iqtisodiyot; sirkulyar biznes model; Yaponiya tajribasi; resurs unumdorligi; ishlab chiqaruvchining kengaytirilgan mas’uliyati; qayta tiklash; chiqindilarni qayta ishlash.Аннотация
Maqolada sirkulyar biznes modellarni joriy etishda Yaponiya to‘plagan tajriba o‘rganilgan. Mamlakatda 1990-yillardan shakllanib, 2000-yilgi asosiy qonun bilan yaxlit tizimga aylangan qonunchilik, moddiy oqimlar ko‘rsatkichlari asosida maqsad belgilash amaliyoti hamda yirik kompaniyalarning qayta tiklash, mahsulot umrini uzaytirish va ikkilamchi bozor modellari tahlil qilingan. Tahlilda Yaponiya Atrof-muhit vazirligi, Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlari hamda kompaniyalarning rasmiy hisobotlaridan foydalanilgan. Yaponiyada resurs unumdorligi 2000–2023-yillarda qariyb ikki baravar oshgani, ko‘mib tashlanadigan chiqindilar hajmi esa keskin kamaygani aniqlangan. Bu o‘zgarishlar ishlab chiqaruvchining kengaytirilgan mas’uliyati, mahsulot turlari bo‘yicha alohida qonunlar va davlat bilan biznes hamkorligi shakllangan davrga to‘g‘ri kelgani, biroq ko‘mib tashlanadigan chiqindilar kamayishining katta qismi yoqish hisobiga erishilgani ko‘rsatilgan. Shu tajriba asosida O‘zbekiston sharoitiga mos sirkulyar biznes modelining sxemasi va uni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.