O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI JORIY ETISHDA YASHIL MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI

Авторы

  • Raxshona Nabibullayeva Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Ключевые слова:

yashil moliya, yashil obligatsiyalar, yashil kreditlash, taksonomiya, iqlim risklari, xalqaro moliya institutlari, yashil mukofot (greenium), barqaror rivojlanish.

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishni moliyalashtirish mexanizmlari me’yoriy hujjatlar, Markaziy bank, tijorat banklari, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya institutlari hisobotlari asosida tahlil qilingan. Muallif tuzgan tematik obligatsiyalar reyestriga ko‘ra, 2021–2025-yillarda jami 2 242,6 mln dollarlik BRM, yashil va barqaror obligatsiyalar joylashtirilgan bo‘lib, uning 49,5 foizi suveren, 50,5 foizi korporativ emitentlarga to‘g‘ri keladi. So‘mdagi yashil suveren obligatsiya kutilgan stavkadan 1,75 foiz punkt arzonroq joylashtirilgani, banklar obligatsiya mablag‘larining bir yilda 29–79 foizini taqsimlagani aniqlandi. Shu bilan birga, tematik obligatsiyalarning yillik o‘rtacha hajmi OECD baholagan yillik moliyalashtirish tafovutining atigi 7,5 foizini qoplaydi, banklarning yashil obligatsiya mablag‘lari esa kredit portfelining taxminan 2 foiziga teng. Natijalar asosida yashil moliya ekotizimi modeli va uni 2027–2030-yillarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Биография автора

  • Raxshona Nabibullayeva, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) katta o‘qituvchisi

    Yangi O‘zbekiston Universiteti doktoranti

Опубликован

2026-11-17