Tuyabo‘g‘iz suv omboridagi (O‘zbekiston, Toshkent viloyati) oq sla Sander lucioperca ning uzunlik–massa bog‘liqligi va kondisiyasi

Авторы

  • Nizom Qurbon Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Author

Ключевые слова:

Sander lucioperca; Tuyabo‘g‘iz suv ombori; Uzunlik–massa bog‘liqligi; Allometrik o‘sish; Kondisiya koeffitsiyenti; O‘zbekiston.

Аннотация

ANNOTATSIYA:Maqolada Tuyabo‘g‘iz (Toshkent) suv omboridagi oq sla Sander lucioperca (sin. Stizostedion lucioperca) ning uzunlik–massa bog‘liqligi va kondisiyasini o‘rganish natijalari keltirilgan. Jami 20 ta individ 2026-yil 20-oktabrda yig‘ildi. To‘liq uzunlik (TL) 11,9–23,5 sm (o‘rtacha 16,46±0,74 sm), standart uzunlik (SL) 9,9–19,8 sm, tana massasi (W) 11–112 g (37,6±5,6 g) oralig‘ida bo‘ldi. Variatsiya koeffitsiyenti TL uchun 20,1 %, W uchun 66,7 % ni tashkil etdi. Uzunlik–massa bog‘liqligi W = 0,00323·TL^3,292 (r² = 0,991) tenglamasi bilan ifodalandi. b ko‘rsatkichi 3,0 dan ishonchli yuqori bo‘ldi (t = 3,84; P< 0,01), bu musbat allometrik o‘sishni ko‘rsatadi. SL va TL o‘rtasida kuchli chiziqli bog‘liqlik aniqlandi (r² = 0,994). Fulton kondisiya koeffitsiyenti o‘rtacha 0,73±0,06 (TL bo‘yicha) va 1,15±0,10 (SL bo‘yicha) bo‘lib, baliq uzunligi ortishi bilan oshib bordi (r = 0,66; P< 0,01). Nisbiy kondisiya koeffitsiyenti (Kn) o‘rtacha 1,00 ga teng bo‘ldi. Namuna asosan jinsiy voyaga yetmagan yosh individlardan iborat. Olingan parametrlardan suv omboridagi oq sla populyatsiyasini monitoring qilish va baliqchilikni boshqarishda foydalanish mumkin.

Опубликован

2026-11-17