QURILISH CHANGINI MONITORING QILISH METODOLOGIYALARINING QIYOSIY SAMARADORLIK TAHLILI: XALQARO TAJRIBA

Authors

  • Jahongir Abdazov Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Author

Keywords:

qurilish changi, PM2.5, PM10, gravimetrik usul, optik sensorli monitoring, beta-attenuation monitor, emissiya omilini modellashtirish (AP-42), GIS/UUA monitoringi

Abstract

Ushbu maqolada qurilish va shahar changini monitoring qilishda qo’llaniladigan zamonaviy metodlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida gravimetrik monitoring, real-vaqt optik sensor monitoringi, beta-attenuation monitorlari (BAM), emissiya faktoriga asoslangan AP-42 hisoblash metodikasi hamda GIS va uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) texnologiyalari qiyosiy baholandi. Har bir metodning ilmiy aniqligi, operativligi, iqtisodiy samaradorligi, qo’llanish sohasi va asosiy kamchiliklari tahlil qilinib, metodologik baholash matritsasi shakllantirildi. Tahlil natijalari gravimetrik monitoring referens aniqlik bo’yicha, optik monitoring esa operativ nazorat bo’yicha ustun ekanini, emissiya faktoriga asoslangan va fazoviy modellashtirish metodlari esa hududiy inventarizatsiyada samarali ekanini ko’rsatdi.

 

Published

2026-11-17