SIRDARYO HAVZASIDA SUV OLISH BOSIMINI XALQARO SUV STRESSI KO‘RSATKICHLARI BO‘YICHA BAHOLASH VA 2035-YILGACHA ZARUR SUV TEJASH HAJMINI ASOSLASH

Авторы

  • Azizbek Hasanov Author

Аннотация

Maqolada Sirdaryo daryosi havzasida suv olish bosimi 2000–2025-yillar uchun yalpi suv ekspluatatsiyasi indeksi (WEI) va BMTning SDG 6.4.2 suv stressi ko‘rsatkichi bo‘yicha baholangan hamda 2035-yilgacha SSP iqlim ssenariylari sharoitida bosimni barqaror saqlash uchun zarur suv tejash hajmi aniqlangan. Suv olish hajmi 12,41–13,62 km³ oralig‘ida deyarli o‘zgarmagan holda WEI kam suvli 2007-yilda 47,40 foizga ko‘tarilgani, sersuv 2009-yilda 27,08 foizga tushgani, 2025-yilda esa 40,09 foiz bilan jiddiy tanqislik chegarasiga yetgani ko‘rsatildi. Ekologik oqim talabi 20–30 foiz deb qabul qilinganda 2025-yilgi SDG 6.4.2 qiymati 50,1–57,3 foizni (o‘rta stress) tashkil etdi. 2035-yilda WEI ni ko‘p yillik o‘rtacha darajada (35,73 foiz) saqlash uchun yiliga 0–0,56 km³, ekologik oqimning 30 foizini kafolatlagan holda SDG 6.4.2 ni 50 foizdan past saqlash uchun esa 0,25–0,82 km³ suv tejash zarurligi asoslandi.

Опубликован

2026-11-17