TOSHKENT SHAHRIDA MAISHIY CHIQINDILARNI BOSHQARISH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH DARAJASINI BAHOLASH: SIRKULYAR IQTISODIYOT NUQTAI NAZARIDAN

Mualliflar

  • Gulnoza Hasanova Author

Annotatsiya

Maqolada Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni boshqarish tizimining holati va uni raqamlashtirish darajasi sirkulyar iqtisodiyot tamoyillari nuqtai nazaridan baholangan. Rasmiy statistik ma’lumotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va vakolatli tashkilotlar axborotlari asosida tizimning asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Chiqindilarni boshqarish zanjirining sakkiz bo‘g‘ini bo‘yicha raqamlashtirish darajasini baholashga mo‘ljallangan mualliflik integral indeksi taklif etilgan. Natijalar raqamli vositalar asosan hisob-kitob va transport nazoratiga yo‘naltirilganini, manbada saralash, ikkilamchi xomashyo aylanmasi va ma’lumotlar ochiqligi kabi sirkulyar bo‘g‘inlarda esa sust rivojlanganini ko‘rsatdi (integral indeks 0,50 ga, bloklar o‘rtasidagi nomutanosiblik koeffitsiyenti 2,2 ga teng). Raqamlashtirishning keyingi bosqichini sirkulyar bo‘g‘inlarga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Nashr etilgan

2026-11-17