QASHQADARYO VILOYATI SUV OBYEKTLARINING EKOLOGIK HOLATI, GIDROKIMYOVIY, GIDROBIOLOGIK VA BIOINDIKATSION KO‘RSATKICHLARI.

Авторы

  • Jusipbek Kazbekov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Author
  • Nariman Karimov Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Xojiakbar Ismoilov Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Lalaxan Toreniyazova Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author

Ключевые слова:

Qashqadaryo, suv omborlari, ko‘llar, gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar, gidrobiologik monitoring, fitoplankton, zooplankton, makrozoobentos, bioindikatsiya, biologik xilma-xillik.

Аннотация

Maqolada Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon, Pachkamar, Chimqo‘rg‘on, Qamashi suv omborlari hamda Sechanko‘l va Achinko‘l suv havzalarining ekologik holatini 2019–2023-yillardagi gidrokimyoviy va gidrobiologik ma’lumotlar asosida baholash masalalari yoritilgan. Suv harorati, pH, mineralizatsiya, erigan kislorod, azot birikmalari va suv tiniqligining mavsumiy o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilindi. Talimarjon va Chimqo‘rg‘on suv omborlari bo‘yicha mavjud biologik ma’lumotlar asosida fitoplankton, zooplankton va makrozoobentos jamoalarining taksonomik tarkibi, soni va biomassasi tavsiflandi. Talimarjon suv omborida fitoplanktonning 131 ta, Chimqo‘rg‘onda esa 136 ta taksoni qayd etilgan. Zooplankton va zoobentos jamoalarining mavjud miqdoriy ko‘rsatkichlari ham tahlil qilindi. Biologik xilma-xillikni baholashda Shannon va Simpson indekslarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi, biroq tur va individlar bo‘yicha to‘liq miqdoriy taqsimot mavjud bo‘lmagan holatlarda indeks qiymatlari hisoblanmadi. Olingan ma’lumotlar suv havzalarida mavsumiy gidrokimyoviy o‘zgarishlar mavjudligini, xususan, yoz oylarida erigan kislorod miqdori pasayishini ko‘rsatadi. Suv obyektlarining ekologik holatini ishonchli baholash uchun gidrokimyoviy va gidrobiologik monitoringni yagona metodika asosida davom ettirish zarurligi asoslandi.

Биографии авторов

  • Jusipbek Kazbekov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

    Texnika fanlari doktori (DSc)

  • Nariman Karimov, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    Bioxilmaxillikkni saqlash laboratoriyasi mudiri, b.f.d.

  • Xojiakbar Ismoilov, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    Bioxilmaxillikkni saqlash laboratoriyasi mudiri kichik ilmiy xodimi

  • Lalaxan Toreniyazova, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    Bioxilmaxillikkni saqlash laboratoriyasi mudiri kichik ilmiy xodimi, b.f.n. (PhD)

Опубликован

2026-11-17