SIRKULYAR BIZNES MODELLARNING XALQARO TAJRIBASI: KOREYA RESPUBLIKASI MISOLIDA

Authors

  • Aysulu Kurbaniyazova Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Keywords:

sirkulyar iqtisodiyot, sirkulyar biznes model, ishlab chiqaruvchining kengaytirilgan javobgarligi, Koreya Respublikasi, chiqindilarni qayta ishlash, mahsulot-xizmat tizimi, O‘zbekiston.

Abstract

Maqolada sirkulyar biznes modellarning nazariy asoslari va Koreya Respublikasining bu modellarni davlat siyosati hamda korporativ strategiyalar orqali joriy etish tajribasi o‘rganildi. Koreyaning 1992–2026-yillardagi institutsional rivojlanishi rasmiy statistika asosida tahlil qilindi: chiqindi uchun yig‘im, hajmga asoslangan chiqindi to‘lovi, ishlab chiqaruvchining kengaytirilgan javobgarligi (EPR), 2024-yilda kuchga kirgan Sirkulyar iqtisodiyot jamiyatiga o‘tishni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qonun va 2026-yilgi Plastiksiz sirkulyar iqtisodiyotga o‘tish rejasi. Hajmga asoslangan to‘lov joriy etilgach, jon boshiga chiqindi 1994–2003-yillarda 21,8 foizga kamaygan. EPR davrida majburiyatli ishlab chiqaruvchilar soni 4,4 baravar ko‘paygan, qayta ishlash sanoati daromadi 2002–2023-yillarda 10 baravar (yiliga o‘rtacha 11,6 foiz) o‘sgan. Shu bilan birga plastik chiqindi 2019–2022-yillarda 31 foizga oshgan. Mualliflar Koreya tajribasini “to‘rt qatlamli davlat–biznes ekotizimi” sifatida tavsiflovchi konseptual model va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish matritsasini taklif etdi. O‘zbekistonda maishiy chiqindining rasmiy qayta ishlash ulushi 5,2 foiz (2024), Koreyada esa taxminan 70 foiz bo‘lib, farq asosan institutsional va infratuzilmaviy qatlamlar bilan izohlanadi.

Author Biography

  • Aysulu Kurbaniyazova , Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Toshkent shahar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektori;

    Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) «Sirkulyar iqtisodiyot» yo‘nalishi magistranti

Published

2026-11-17