OROLBO‘YI HUDUDIDA «YASHIL» TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH TAJRIBASI VA ISTIQBOLLARI

Mualliflar

  • Kurbaniyazova Aysulu Kudyarovna Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Kalit so‘zlar:

Orolbo‘yi; «yashil» texnologiyalar; o‘rmonlashtirish; saksovul; suv tejovchi texnologiyalar; galofitlar; qayta tiklanuvchi energiya; Ko‘korol to‘g‘oni.

Annotatsiya

Maqolada Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan «yashil» texnologiyalar bo‘yicha xorijiy va mahalliy tadqiqotlar hamda amaliy loyihalar tahlil qilindi. Ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va me’yoriy hujjatlar asosida hudud uchun mos texnologiyalar besh guruhga ajratildi: yerni tiklash va o‘rmonlashtirish, suvni tejash, sho‘r yerlarda dehqonchilik, qayta tiklanuvchi energiya va monitoring. Ko‘korol to‘g‘oni Kichik Orol maydonini 2804 km² dan 3197 km² gacha kengaytirgan, sho‘rlikni 30 g/l dan taxminan 8 g/l gacha tushirgan, baliq ovini 2004-yildagi 52 tonnadan 2016-yilda 7106 tonnaga yetkazgan. Orolning qurigan tubida 2018–2025-yillarda 2 mln gektar maydonda o‘rmonzor barpo etilgan, biroq odatiy usulda ekilgan saksovulning saqlanib qolish darajasi 20–30 foizdan oshmaydi. Shuning uchun haqiqatda o‘sayotgan maydon 0,4–0,6 mln gektar atrofida bo‘lishi mumkin. Suv tejovchi texnologiyalar maydoni 2019-yildagi 28 ming gektardan qariyb 1 mln gektarga yetgan. Tahlil texnologiyalar asosan bir-biridan alohida qo‘llanayotganini ko‘rsatdi. Ularni bir-biriga bog‘lab qo‘llash va o‘rmonlashtirish natijasini ekilgan maydon bilan emas, saqlanib qolgan maydon bilan baholash taklif etiladi.

Muallif haqida

  • Kurbaniyazova Aysulu Kudyarovna, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Toshkent shahar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektori;

    Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) «Sirkulyar iqtisodiyot» yo‘nalishi magistranti

Nashr etilgan

2026-11-17