DONNI SAQLASHDA TABIIY TUNGI SOVUQDAN FOYDALANISH: FAOL SHAMOLLATISHNING IQLIMIY SALOHIYATI VA EKOLOGIK SAMARASINI BAHOLASH (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)

Mualliflar

  • Mutalov Alisher Abduxalil o‘g‘li Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Kalit so‘zlar:

don saqlash;, faol shamollatish;, tabiatga asoslangan yechimlar;, tabiiy sovutish; , iqlim ma’lumotlari; , energiya tejash, CO₂ emissiyasi

Annotatsiya

Maqolada quritish uskunalari bo‘lmagan don omborlarida donni sovutish uchun tungi tabiiy sovuqdan foydalanish kimyoviy ishlov va sun’iy sovutishga muqobil, tabiatga asoslangan yondashuv sifatida ko‘rib chiqilgan. Navoiy shahri bo‘yicha 1991–2020-yillar iqlim normalari va havo haroratining sutkalik o‘zgarishini sinusoidal approksimatsiyalash asosida don harorati 30, 25 va 20 °C bo‘lganda sutkadagi shamollatishga yaroqli soatlar soni hamda “sovutish salohiyati” (°C·soat/sutka) hisoblandi. Yoz oylarida salohiyat 69–98 °C·soat/sutka bilan cheklangani va donni faqat 20–22 °C gacha sovutish mumkinligi, sentabr–oktabrda esa u 2–7 barobar ortib, donni 14 °C va undan pastgacha sovutish imkonini berishi ko‘rsatildi. Davlat resursi uchun qabul qilinadigan 2,85 mln t bug‘doy misolida shamollatishni adaptiv boshqarish yiliga 1,6–2,2 GVt·soat elektr energiyasini va 838–1173 t CO₂ emissiyasini tejashi baholandi.

Muallif haqida

  • Mutalov Alisher Abduxalil o‘g‘li, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Mustaqil tadqiqotchi (PhD)

Nashr etilgan

2026-11-17