TO‘KILGAN DARAXT BARGLARINING EKOLOGIK TA’SIRI VA ULARDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI

Mualliflar

  • Abdujabborov Oyatulloh Axrorbek o‘g‘li Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Ruziyeva Iroda Davutovna Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqoti instituti Author

Kalit so‘zlar:

to‘kilgan barglar, xazon, lignotsellyuloza, bioyoqilg‘i, briket, og‘ir metallar, biofiltratsiya, bioko‘mir, kompost, aylanma iqtisodiyot.

Annotatsiya

Maqolada shahar va tabiiy ekotizimlarda to‘kilgan daraxt barglarining ekologik vazifalari, atmosfera changi hamda og‘ir metallarni to‘plash xususiyatlari, xazonlarni ochiq yoqish va poligonlarga joylashtirish oqibatlari tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar sharhi asosida xazon biomassasidan yoqilg‘i briketi, ekologik toza hududlarda yig‘ilgan barglardan ozuqa briketi, bioko‘mir, kompost va biogaz olish yo‘nalishlari qiyoslanadi. Shahar xazonlaridan foydalanishda xomashyoni tozalash, ifloslanish darajasini nazorat qilish va mahsulot turini xomashyo kelib chiqishiga qarab tanlash zarurligi asoslanadi. Tozalangan barg biomassasini zichlashtirish aylanma iqtisodiyot tamoyillariga mos keluvchi istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqiladi.

Muallif haqida

  • Ruziyeva Iroda Davutovna, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqoti instituti

    Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Nashr etilgan

2026-11-10