O‘ZBEKISTONDA TABIATGA ASOSLANGAN YECHIMLARNI BAHOLASH: IUCN GLOBAL STANDARTI ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL
Kalit so‘zlar:
tabiatga asoslangan yechimlar; , IUCN global standarti;, yashil iqtisodiyot;, Orolbo‘yi;, yaylovlar; , “Yashil makon”;, barqaror rivojlanish.Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan uchta yirik tabiatga asoslangan yechim – Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish, yaylovlardan barqaror foydalanish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi – Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) tabiatga asoslangan yechimlar global standartidagi sakkiz mezon bo‘yicha sifat jihatidan baholandi. Tahlil uchun rasmiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va ochiq statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Natijalar loyihalarning ijtimoiy muammoga javob berishi va davlat siyosatiga integratsiyalashuvi kuchli ekanini, biroq iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy tenglik va moslashuvchan boshqaruv mezonlari bo‘yicha ochiq ma’lumotlar yetarli emasligini ko‘rsatdi. Monitoring va baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.