ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI TA’SIRIDA YASHILLIK DARAJASI PAST HUDUDLARNING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

atmosfera havosi, havo ifloslanishi, zararli gazlar, ekologik monitoring, uglerod oksidi, azot oksidlari, GIS texnologiyalari, ekologik xavfsizlik.

Annotatsiya

Mazkur maqolada hududlarda atmosfera havosining ifloslanishiga transport vositalarining ta’siri, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli gazlar va atmosfera tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining o‘zgarishi tahlil qilingan. Shuningdek, transport vositalari sonining ortishi, avtomobil yo‘llaridagi harakat jadalligi, yoqilg‘i turlari va transport infratuzilmasining ekologik holatga ta’siri yoritilgan. Atmosfera havosi sifatini baholashda ekologik monitoring, zamonaviy axborot texnologiyalari va geoinformatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ekologik xavfsiz transport tizimini rivojlantirish hamda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalalari asoslab berilgan.

Nashr etilgan

2026-11-17