XORAZM VOHASIDA IQLIM OʻZGARISHINING EKOLOGIK OQIBATLARINI «YASHIL MAKON» UMUMMILLIY LOYIHASI ASOSIDA YUMSHATISH YOʻLLARI

Mualliflar

  • Erkabayev Furkat Ilyasovich Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Madrimov Rajabboy Masharipovich Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author

Kalit so‘zlar:

iqlim oʻzgarishi, moslashuv, «Yashil makon», Xorazm vohasi, shoʻrlanish, ihotazor, uglerod yutilishi.

Annotatsiya

Maqolada Xorazm vohasida iqlim oʻzgarishining asosiy ekologik oqibatlari — harorat ekstremumlarining kuchayishi, bugʻlanish va suv tanqisligi, tuproq shoʻrlanishi hamda Orol boʻyidan tuz-chang koʻchishi tahlil qilingan. «Yashil makon» umummilliy loyihasi vositalarini iqlim xavflari bilan bogʻlovchi hududiy moslashuv modeli, yashil moslashuv integral indeksi va koʻchatlar saqlanish darajasiga bogʻliq uch ssenariyli prognoz modeli taklif etilgan. Saqlanish darajasini 50 foizdan 85 foizga oshirish 2030 yilgacha uglerod yutilishini 1,7 barobar koʻpaytirishi asoslangan.

Mualliflar haqida

  • Erkabayev Furkat Ilyasovich, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    laboratoriya mudiri, t.f.d., professor

  • Madrimov Rajabboy Masharipovich, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    b.f.f.d. (PhD) kat.i.x. 

Nashr etilgan

2026-11-17