TEXNOGEN CHIQINDIlARNING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI KOMPLEKS BAHOLASH
Kalit so‘zlar:
texnogen chiqindilar, sanoat chiqindilari, tuproq ifloslanishi, og‘ir metallar, ekologik monitoring, kimyoviy tahlil, ekologik xavf, chiqindi saqlash obyektlari, atrof-muhitAnnotatsiya
Maqolada texnogen chiqindi obyektlari, jumladan, sanoat chiqindilari to‘plangan hududlar va chiqindi saqlash maydonlarining atrof-muhitga ta’siri, tuproqning og‘ir metallar bilan ifloslanish xususiyatlari hamda ifloslantiruvchi moddalarning suv va o‘simlik mahsulotlariga tarqalish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Texnogen ifloslanishni kompleks baholashda tuproq, suv va biologik obyektlarni birgalikda tadqiq qilishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, namuna olish, laboratoriya tahlillari, kimyoviy tarkibni aniqlash, ifloslanish darajasini baholash va ekologik monitoringni tashkil etish bosqichlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalaridan texnogen chiqindilar joylashgan hududlarda ekologik xavfni aniqlash va uni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.