TEXNOGEN CHIQINDILARNI RESURSLARGA AYLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
texnogen chiqindilar, texnogen konlar, texnogen resurslar, mineral xomashyo, ikkilamchi resurslar, qayta ishlash, aylanma iqtisodiyot.Annotatsiya
Maqolada togʻ-kon, maʼdanni boyitish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonlarida hosil boʻladigan texnogen chiqindilarni ikkilamchi resurs sifatida baholashning ilmiy-nazariy asoslari koʻrib chiqiladi. “Texnogen chiqindi”, “texnogen kon”, “texnogen mineral resurs”, “texnogen xomashyo” va “ikkilamchi moddiy resurs” tushunchalarining mazmuni hamda farqlari tahlil qilinadi. Texnogen hosilalarning resursga aylanishi, texnologik imkoniyatlar, foydali komponentlar miqdori, iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfi baholanadi. Texnogen resurslarni inventarizatsiya qilish, tarkibini oʻrganish va qayta ishlash imkoniyatlarini tizimli baholash boʻyicha yondashuvlar taklif etiladi.