ILG‘OR GAT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA SANOAT XAVFLI ZONALARINI FAZOVIY MODELLASHTIRISH, XAVFLARNI BAHOLASH VA RAQAMLI KADASTR XARITALASH
Kalit so‘zlar:
texnogen xavf, sanoat ta’siri, Samarqand viloyati, geoaxborot tahlili, fazoviy modellashtirish, raqamli xarita, ekologik monitoring, ArcGIS Pro, QGIS, Google Earth Pro, Eko-sentr, sanoat ifloslanish manbalari, texnogen xavfli obyektlar, hududiy xavfni baholash, ekologik xavfsizlik.Annotatsiya
Maqolada Samarqand viloyati sanoat korxonalari tomonidan yuzaga keltiriladigan texnogen xavflarni aniqlash va hududiy baholash masalalari ko’rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan foydalangan holda potensial xavfli sanoat obyektlari monitoringiga kompleks yondashuvni ishlab chiqish, ularning hududiy joylashuv qonuniyatlarini o’rganish va antropogen yuklamasi yuqori bo’lgan hududlarni aniqlashdan iborat. Ishning metodologik asosini fazoviy va ekologik ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash, raqamli axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, geoaxborot tahlili va kartalashtirish vositalaridan foydalanish tashkil etadi. Fazoviy axborotni qayta ishlash va vizuallashtirish uchun ArcGIS Pro, QGIS va Google Earth Pro kabi zamonaviy dasturiy platformalardan foydalanilgan. Bundan tashqari, “Eko-sentr” dasturiy majmuasining ekologik ko’rsatkichlarni tizimlashtirish, atrof-muhit holatini tahlil qilish va monitoring faoliyatini axborot bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Tadqiqotda sanoat obyektlarining joylashuvi, ularning antropogen ta’sirining xususiyati va jadalligi, chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori, sanoat xavf manbalarining holati, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli, aholi zichligi hamda ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega hududlarning joylashuvi tahlil qilingan. Ushbu xususiyatlar majmui asosida hududlar potensial texnogen xavf darajasiga ko’ra fazoviy tabaqalashtirilib, natijalar raqamli xaritalarda aks ettirilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati olingan natijalarni xavfli sanoat obyektlari monitoringining geoaxborot tizimini shakllantirish, hududiy boshqaruvni takomillashtirish, yuqori xavfli hududlarni o’z vaqtida aniqlash va profilaktik ekologik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo’llash imkoniyatidadir. Taklif etilayotgan yondashuv Samarqand viloyatida texnogen va ekologik xavfsizlik darajasini oshirishning axborot-tahliliy asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin.Nashr etilgan
2026-11-17
Son
Bo‘lim
Maqola