ZIG‘IR MOYINI ISHQORIY NEYTRALLASH VA ADSORBSIYALI OQARTIRISHDA RESURS SAMARADORLIGINI BAHOLASH: «YASHIL» IQTISODIYOT UCHUN TEXNOLOGIK MEZONLAR
Kalit so‘zlar:
zig‘ir moyi; ishqoriy neytrallash; mahsulot chiqimi; adsorbent; resurs samaradorligi; «yashil» iqtisodiyot; barqaror ishlab chiqarishAnnotatsiya
Press va ekstraksiya usullarida olingan zig‘ir moylarini ishqoriy neytrallash hamda adsorbsiyali oqartirish jarayonlarining sifat-chiqim muvozanati «yashil» iqtisodiyot nuqtayi nazaridan baholandi. Natriy gidroksid eritmasi konsentratsiyasi, ortiqcha ishqor ulushi va Super FF adsorbenti sarfi bo‘yicha eksperimental qiymatlar qiyosiy tahlil qilindi. Ortiqcha ishqor 20 dan 100% gacha oshirilganda press moyi chiqimi 98,77 dan 96,97% gacha, ekstraksiya moyi chiqimi 97,92 dan 94,93% gacha kamaydi. Adsorbent sarfi 0,5 dan 2,0% gacha ortishi rang sonini kamaytirdi. Natijalar mahsulot sifati, saqlab qolingan moy ulushi va material sarfini birgalikda hisobga olish zarurligini ko‘rsatdi.