Oʻzbekistonda yomgʻir suvlarining hududlar boʻyicha miqdorlari, ularni yigʻish va qayta foydalanish texnologiyasi
Kalit so‘zlar:
suv tanqisligi; yomgʻir suvi; yigʻish; saqlash; biologik barqarorlik; qayta foydalanish; tomchilatib sugʻorish.Annotatsiya
Tezisda Oʻzbekistonda hududlar boʻyicha yomgʻir suvlarining miqdori, ularni yigʻish, saqlash va qayta foydalanish texnologiyasini takomillashtirish imkoniyatlari oʻrganilgan. Tom yuzasidan olinadigan suv hajmi suv balansi usulida baholangan, saqlash davridagi sifat oʻzgarishi esa biologik barqarorlikni taʼminlovchi birikma bilan oʻtkazilgan uch oylik tajriba asosida tahlil qilingan. Nazorat namunada elektr oʻtkazuvchanlik 6,5 barobar oshgan, №3 va №4 namunalarda esa 1,07 barobar oʻzgargan. Tadqiqotlarda yomgʻir suvlarini yigʻish, saqlash, birlamchi tozalash va qayta ishlatish texnologiyasi taklif qilingan