«AQLLI SHAHAR» KONSEPSIYASI ASOSIDA SHAHAR CHIQINDILARINI BOSHQARISHNING RAQAMLI TIZIMLARINI JORIY ETISH (TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA)

Mualliflar

Annotatsiya

Maqolada «aqlli shahar» konsepsiyasi asosida shahar maishiy chiqindilarini boshqarishda raqamli tizimlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlar, me’yoriy hujjatlar va xorijiy tadqiqotlar asosida respublikada maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash holati tahlil qilingan. Toshkent shahrida chiqindilar miqdori 2019–2024-yillarda 53,8 foizga oshgani, qayta ishlash darajasi esa 6 foiz atrofida qolayotgani ko‘rsatilgan. «Toza makon» tizimi va maxsus texnikani GPS orqali kuzatish kabi joriy etilgan yechimlar o‘rganilib, konteynerlar to‘lishini kuzatish va ikkilamchi xomashyoni hisobga olish hali yo‘lga qo‘yilmagani qayd etilgan. Toshkent shahri uchun besh blokdan iborat raqamli tizim tuzilmasi va uni uch bosqichda joriy etish rejasi taklif qilingan.

Nashr etilgan

2026-11-17