ŞOLI PÖSTLOĞI ÇIQINDISINI QAYTA IŞLAŞ VA UTILIZATSIYA QILIŞ ORQALI YUQORI TOZALIKDAGI KREMNIY DIOKSID OLIŞNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK YEÇIMI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot işi şoli donlari pöstloği tarkibida köp miqdorda mavjud kremniy(IV) oksidi birikmasini ajratib oliş texnologiyasini işlab çiqişga bağişlangan. Şoli donlari pöstloği tarkibidan SiO₂ — kremniy dioksidni ajratib oliş texnologiyasi soddaligi hamda yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekani tadqiqot natijalari asosida körsatilgan. «Alanga» navli şoli pöstloği 450–850 °C da 90 daqiqa kuydirilib, kul unumi va oksid tarkibi örganildi, zarraça ölçami hamda 0,5–1,5% HCl konsentratsiyasining SiO₂ uluşiga ta’siri baholandi. 650 °C da kul qoldiği 14,4%, undagi SiO₂ miqdori 87,65% bölgan. 2,4 mm fraksiyaga 1,0% HCl bilan işlov berilganda SiO₂ uluşi 99,7% ga yetgan; HCl ni 1,5% gaça oşiriş ayni namuna uçun qöşimça ösiş bermagan. Natijalar şoli pöstloğini ikkilamçi mineral xomaşyoga aylantiriş imkonini körsatadi. Kislota oqovalari, suv sarfi va energiya talabi ekologik baholaşda hisobga olinişi zarurligi asoslandi