PM₂.₅ NAMUNALARINI KUKUN VA FILTR SHAKLIDA YIG‘ISHNING METODIK JIHATLARI
Kalit so‘zlar:
PM₂.₅, kukun namunasi, zaxira filtr, siklon, havo hajmi, metodik baholash.Annotatsiya
Maqolada Toshkentdagi siklonli namuna olish tajribasi asosida PM₂.₅ ni kukun va filtr shaklida yig‘ish natijalarini talqin qilishning metodik jihatlari ko‘rib chiqildi. 2025-yil mart – 2026-yil aprel kuzatuvlarida bir davrda 50-150 mg kukun yig‘ilgan. Tahlil namuna massasini havo hajmi bilan bog‘lash, yig‘ish davrlarini muvofiqlashtirish va HORIBA stansiyasi bilan taqqoslash chegaralariga qaratildi. Keyingi kimyoviy va toksikologik tadqiqotlar uchun namuna yig‘ish imkoniyati hamda tekshirilishi zarur shartlar ajratildi.
Nashr etilgan
2026-11-17
Son
Bo‘lim
Maqola