MANBADA SARALASHNI RAQAMLI RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMINING IQTISODIY SAMARADORLIGI: TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA SSENARIY TAHLILI

Mualliflar

  • Gulnoza Hasanova Author

Annotatsiya

Maqolada Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni manbada saralashni raqamli platforma orqali rag‘batlantirish mexanizmining iqtisodiy samaradorligi baholangan. Fandomat bo‘yicha pilot loyihaning birinchi oylik natijalari tahlil qilinib, idish soniga asoslangan rag‘batning 1 kg ga keltirilgan qiymati hisoblangan. Qayta ishlanadigan fraksiyalarni ajratib olishning uchta ssenariysi (5, 15 va 30 foiz) bo‘yicha xarajat-naf modeli tuzilgan va sezgirlik tahlili o‘tkazilgan. Natijalarga ko‘ra, bazaviy farazlarda mexanizm qayta ishlanadigan fraksiyaning kamida 5,1 foizi ajratib olinganda o‘zini qoplaydi, 15 foizlik ssenariyda esa sof yillik samara 19,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Sezgirlik tahlili natijaga eng kuchli ta’sir qiluvchi omil ikkilamchi xomashyo narxi ekanini ko‘rsatdi. Fandomatdagi idish boshiga belgilangan rag‘bat (taxminan 4,7 ming so‘m/kg) barcha fraksiyalarga kengaytirish uchun iqtisodiy jihatdan barqaror emasligi ko‘rsatilgan va fraksiyalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan, og‘irlikka asoslangan raqamli rag‘bat tizimi taklif etilgan.

Nashr etilgan

2026-11-17