OHANGARON DARYOSI VA TUYABO'G'IZ SUV OMBORI BALIQLARINING ME'DA-ICHAK TRAKTIDA MIKROPLASTIKLARNING UCHRASHI

Mualliflar

  • Nizom Qurbon Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author

Kalit so‘zlar:

mikroplastiklar, ixtiofauna, Ohangaron daryosi, Tuyabo'g'iz suv ombori, me'da-ichak trakti, mikrotolalar, bioindikator, ekologik monitoring.

Annotatsiya

Maqolada Ohangaron daryosi va Tuyabo'g'iz suv omboridan ovlangan 8 tur baliqning 58 ta individi me'da-ichak traktida (MIChT) mikroplastiklar (MP) miqdori sonli va massa birliklarida baholandi. Barcha baliqlar bo'yicha MP miqdori o'rtacha 2,97±4,60 dona/individ va 12,79±45,94 mkg/individni tashkil etdi. Tuyabo'g'iz suv omborida bu ko'rsatkichlar (3,22±3,94 dona/ind.; 19,43±65,33 mkg/ind.) daryodagiga (2,79±5,10 dona/ind.; 7,76±22,31 mkg/ind.) nisbatan yuqoriroq bo'ldi. Bu suv omborlarining mikroplastiklar uchun akkumulyatsiya zonasi bo'lishi mumkinligi haqidagi gipotezaga mos keladi. Alburnus chalcoides aralensis MIChTda tolali neylon (poliamid) zarracha qayd etildi. Natijalar Sirdaryo havzasining Qoradaryo va Chirchiq daryolari bo'yicha ma'lumotlar bilan qiyoslandi.

Nashr etilgan

2026-11-17