FOSFORITNING NITRAT KISLOTALI EKSTRAKTINI NEYTRALLASHDA AJRALGAN TEMIR-ALYUMINIYLI CHOʻKMA TARKIBI VA UNI KOAGULYANTGA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI
Kalit so‘zlar:
fosforit; nitrat kislotali ekstrakt; neytrallash; temir-alyuminiyli choʻkma; rentgen-fluoressent tahlil; koagulyant; suyuq organomineral oʻgʻit.Annotatsiya
Ishda fosforitni nitrat kislota bilan parchalab olingan ekstraktni ammiak va kaliy gidroksid bilan pH 5–7 oraligʻida neytrallashda ajraladigan choʻkma tarkibi oʻrganilgan. Ammiak bilan neytrallashda olingan choʻkmaning energiya dispersiv rentgen-fluoressent tahlili unda 44,19 % Fe2O3 va 32,21 % Al2O3 (jami 76,40 %), 2,70 % CaO, 1,85 % MnO va 0,07 % P2O5 borligini koʻrsatdi. Boshlangʻich fosforitga nisbatan Fe2O3 miqdori 6,1 marta, Al2O3 miqdori 7,4 marta ortgan, CaO esa 15 martadan koʻproq kamaygan. Choʻkmadagi Al:Fe mol nisbati 1,14 ga teng. Stexiometrik hisobga koʻra 100 g choʻkmadagi temir va alyuminiyni xloridlarga oʻtkazish uchun taxminan 130 g HCl (100 %) talab etiladi. Natijalar choʻkmani aralash temir-alyuminiyli koagulyantlar olish uchun xomashyo sifatida oʻrganishni asoslaydi.