ZARAFSHON MILLIY TABIAT BOG‘IDA O‘SIMLIK QOPLAMI VA YER YUZASI HARORATINING 2006–2026-YILLARDAGI FAZOVIY-VAQT DINAMIKASINI MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BAHOLASH
Kalit so‘zlar:
Zarafshon milliy tabiat bog‘i, NDVI, LST, masofadan zondlash, Landsat, Google Earth Engine, QGIS, o‘simlik qoplami, yer yuzasi harorati, fazoviy-vaqt dinamikasi, ekologik monitoring.Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Zarafshon milliy tabiat bog‘ida 2006–2026-yillar davomida o‘simlik qoplami va yer yuzasi haroratining fazoviy-vaqt dinamikasi masofadan zondlash va GIS texnologiyalari asosida baholandi. Landsat sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari Google Earth Engine va QGIS dasturlari yordamida tahlil qilinib, NDVI va LST ko‘rsatkichlarining yigirma yillik o‘zgarishlari aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, o‘rtacha NDVI qiymati 2006-yildagi 0,2030 dan 2026-yilda 0,2956 gacha oshgan. Tahlil qilingan piksellarning 42,44% ida vegetatsiya indeksi ortgan, 8,45% ida kamaygan. O‘rtacha LST qiymati 37,84 °C dan 37,59 °C ga o‘zgargan bo‘lib, piksellarning 38,88% ida harorat pasayishi, 31,93% ida esa oshishi qayd etilgan. Tadqiqot natijalari vegetatsiya va termal sharoitning hududiy jihatdan turlicha o‘zgarganligini ko‘rsatib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekologik monitoringni takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.