SIRKULYAR BIZNES MODELLARNING XALQARO TAJRIBASI: GERMANIYA MISOLIDA

Mualliflar

  • G'ulomova Mohigul Ozod qizi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Kalit so‘zlar:

sirkulyar iqtisodiyot; sirkulyar biznes model; Germaniya; qayta foydalanish; resurslarni qayta tiklash; mahsulot-xizmat; sanoat simbiozi; ikkilamchi xomashyo.

Annotatsiya

Maqolada sirkulyar biznes modellarning mazmuni, iqtisodiy mexanizmlari va Germaniya tajribasi tahlil qilinadi. Germaniyaning 2024-yil dekabrda qabul qilingan Milliy sirkulyar iqtisodiyot strategiyasi, 2026-yil iyunda tasdiqlangan uni amalga oshirish dasturi, DAX40 kompaniyalarida sirkulyar biznes modellar qo‘llanishiga oid tadqiqot hamda qayta foydalaniladigan qadoqlash bo‘yicha amaliy keyslar o‘rganildi. Strategiya birlamchi xomashyo iste’molini aholi jon boshiga taxminan 16 tonnadan uzoq muddatda 6–8 tonnagacha kamaytirishni mo‘ljal qiladi. Yirik kompaniyalarda material siklini yopuvchi modellar ustunlik qiladi: 2020-yilda kompaniyalarning taxminan uchdan ikki qismi mahsulot umrini uzaytirish, 35 foizi “mahsulot-xizmat” modelini qo‘llagan, ulashish platformalari esa birorta kompaniyada uchramagan. Vytal, Circolution va Miele misolida qiymat yaratish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Ushbu tajribani O‘zbekistonda 2027–2030-yillarda bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Muallif haqida

  • G'ulomova Mohigul Ozod qizi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi  Qashqadaryo viloyat boshqarmasi kotiba-referenti;

    Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) «Sirkulyar iqtisodiyot» yo‘nalishi magistranti

Nashr etilgan

2026-11-17