G‘O‘ZAPOYA VA CHIGIT QOBIG‘INI QAYTA ISHLASH YO‘NALISHLARINING QIYOSIY TAHLILI HAMDA AGRO-SIMBIOZ TARMOG‘INING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI

Mualliflar

  • Maxmudova Nargiza Abdunosir qizi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Author

Annotatsiya

Maqolada paxtachilikning ikki asosiy qoldig‘i, g‘o‘zapoya va chigit qobig‘ini qayta ishlashning olti yo‘nalishi qiyosiy tahlil qilindi: yog‘och-payraha plitasi, briket va pellet, bioko‘mir, tuproqqa kiritish, chorva ozuqasi va qo‘ziqorin substrati. Xalqaro tadqiqotlar natijalari tanqidiy ko‘rib chiqildi, yo‘nalishlar olti mezon bo‘yicha uch balli shkalada baholandi. G‘o‘zapoyadan plita ishlab chiqarish va chigit qobig‘idan kaskadli (substrat, so‘ngra ozuqa) foydalanish eng yuqori ball oldi (15 tadan). Bu natijaning barqarorligi 200 ming tasodifiy vaznlar to‘plamida tekshirildi: payraha plitasi 43,2 foiz, kaskad 36,8 foiz hollarda birinchi o‘ringa chiqdi. Xomashyo yetkazib berish radiusi hisoblandi: yiliga 10–50 ming tonna g‘o‘zapoya qayta ishlaydigan korxona uchun u 8–17 km, eng noqulay farazlarda ham 36 km dan oshmaydi. 2026-yilgi 890 ming gektar paxta maydonida yig‘ib olish mumkin bo‘lgan g‘o‘zapoya taxminan 1,6 mln tonnani tashkil etadi. Shular asosida paxta-to‘qimachilik klasteri tayanch korxona bo‘lgan agro-simbioz tarmog‘ining besh elementli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etildi.

Muallif haqida

  • Maxmudova Nargiza Abdunosir qizi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)

    Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) «Sirkulyar iqtisodiyot» yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

Nashr etilgan

2026-11-17