YURTIMIZDA AHOLINING EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH UCHUN AMALIY YECHIMLAR: AHP VA SEM USULLARI ASOSIDA BAHOLASH
Kalit so‘zlar:
ekologik madaniyat, ekologik xabardorlik, ekologik ta’lim, mahalliy hamjamiyat tashabbuslari, jamoatchilik ishtiroki, analitik iyerarxiya jarayoni (AHP), strukturaviy tenglamalar modeli (SEM).Annotatsiya
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonda aholining ekologik madaniyatini oshirishning uchta strategiyasi solishtirildi: mahalliy hamjamiyatlarga asoslangan tashabbuslar, amaliy ekologik ta’lim va jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalari. Shahar, shahar atrofi va qishloq hududlarida yashovchi 180 nafar respondent so‘rovi asosida ikki usul qo‘llanildi: strategiyalarni to‘rt mezon bo‘yicha tartiblash uchun analitik iyerarxiya jarayoni (AHP) va ekologik bilim, xulq-atvor hamda jamoatchilik faolligi o‘rtasidagi bog‘lanishlarni baholash uchun strukturaviy tenglamalar modeli (SEM). AHP natijasida mahalliy hamjamiyat tashabbuslari birinchi o‘ringa chiqdi (0,347), xabardorlik kampaniyalari (0,338) va amaliy ta’lim (0,316) undan keyin keldi, biroq farq atigi 3,1 foiz bandni tashkil etadi. Mezon vaznlaridan birortasi 0,25 dan atigi 1–4 foiz bandga o‘zgarsa, reyting almashadi. SEM natijalariga ko‘ra, jamoatchilik faolligi ekologik ishtirok indeksining eng kuchli omili bo‘ldi (b = 0,725; p < 0,001; R² = 0,37). Bilimni uzatishning chiqindi saralash va suvni tejashga ta’siri esa statistik ahamiyatga ega emas. Modelning ma’lumotlarga mosligi past (CFI = 0,29; RMSEA = 0,42), shuning uchun natijalar dastlabki xulosa sifatida talqin qilindi. Faqat bilim berish xulq-atvorni o‘zgartirishga yetmaydi, mahalla darajasidagi amaliy faollikni qo‘llab-quvvatlash zarur degan xulosaga kelindi.
Abstract. The paper compares three strategies for raising environmental culture in Uzbekistan: community-based initiatives, practical environmental education and public awareness campaigns. Using a survey of 180 residents of urban, peri-urban and rural areas, two methods were applied: the analytic hierarchy process (AHP) to rank the strategies against four criteria, and structural equation modelling (SEM) to estimate the links between environmental knowledge, behaviour and community activity. AHP ranked community-based initiatives first (0.347), followed by awareness campaigns (0.338) and practical education (0.316), but the gap is only 3.1 percentage points, and the ranking changes if any criterion weight moves by only 1–4 percentage points from 0.25. In the SEM, community activity was the strongest predictor of the behavioural engagement index (b = 0.725; p < 0.001; R² = 0.37), whereas the effects of knowledge transfer on waste sorting and water saving were not statistically significant. Model fit was poor (CFI = 0.29; RMSEA = 0.42), so the findings are treated as preliminary. The results suggest that knowledge alone does not change behaviour and that neighbourhood-level practical activity needs support.