TOPINAMBURNING (HELIANTHUS TUBEROSUS L.) FITOREMEDIATSION SALOHIYATI: SANOAT HUDUDLARIDAGI ATMOSFERA–TUPROQ–O‘SIMLIK TIZIMIGA OID ILMIY ADABIYOTLAR SHARHI

Mualliflar

  • Madina Payziyeva Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Madrimov Rajabboy Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Author

Annotatsiya

Maqolada topinamburning (Helianthus tuberosus L.) og‘ir metallar bilan ifloslangan hududlarda fitoremediatsion salohiyati hamda sanoat aerozollari–tuproq–o‘simlik tizimidagi migratsiya jarayonlari ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy umumlashtirilgan. Xalqaro tadqiqotlarda metallarning ildiz va yerusti organlariga taqsimlanishi, genotiplararo farqlar, rizosfera omillari hamda biomassa bilan chiqarilish ko‘rsatkichlari ajratildi. O‘rganilgan ishlar atmosfera orqali cho‘kish, barg yuzasida ushlanish va ildiz orqali o‘zlashtirishni bir-biridan farqlash zarurligini ko‘rsatadi. Angren sanoat hududidagi ko‘p manbali ta’sirni baholash uchun masofa gradienti, metallning biologik mavjudligi va biomassaning xavfsizligi bilan bog‘liq ilmiy yondashuvlar umumlashtirildi.

Mualliflar haqida

  • Madina Payziyeva, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    tayanch doktorant

  • Madrimov Rajabboy, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    laboratoriya mudiri, b.f.n.

Nashr etilgan

2026-11-17