EKOLOGIK OQIMNI BAHOLASH USULLARI VA ULARNI AMUDARYO HAVZASIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Kalit so‘zlar:
Ekologik oqim, Amudaryo havzasi, gidrologik rejim, ekologik oqimni baholash usullari, gidrologik usullar, gidravlik baholash usullari, yashash muhitini modellashtirish, yaxlit usullar, suv resurslarini barqaror boshqarish.Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologik oqimni baholashning zamonaviy usullari tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning Amudaryo havzasi sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalarida ekologik oqim usullari gidrologik, gidravlik baholash, yashash sharoitini modellashtirish va yaxlit yondashuvlarga ajratilishi hamda ularning ma’lumotlarga talabi va amaliy qo‘llanilish darajasi bo‘yicha farqlanilishi yoritilgan. Mavjud monitoring va ma’lumotlar bazasi sharoitida gidrologik usullardan dastlabki baholash bosqichida foydalanish maqsadga muvofiq ekani aniqlandi. Kelgusida esa ekologik oqimni kompleks baholashga asoslangan yaxlit yondashuvlarni joriy etish daryo ekotizimlarining ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.