XORAZM VILOYATI KO‘LLARI EKOLOGIK HOLATI VA SUV SIFATINING MAVSUMIY O‘ZGARISHLARI

Mualliflar

  • Nishonov Baxriddin Erkinovich, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Author
  • Sattarova Fazilat Yusupboevna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Author
  • Saidmaxmudova Laylo Abdullaevna Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Author

Kalit so‘zlar:

ko‘l, suv sinfi, suv sifati, biotik perifiton indeksi (BPI), saproblik indeksi (SI), suv ekotizimlari, ekologik holat, Xorazm viloyati.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Xorazm viloyati Yangiariq, Bog‘ot va Tuproqqal’a tumanlaridagi Sho‘rko‘l, Ta’mirchi, Yangiqadam, Echkiyor, Chegara, Otbotgan va Sardoba ko‘llaridan mavsumiy olingan gidrobiologik namunalar tahlili natijalari asosida ko‘llar ekologik holatining mavsumiy o‘zgarishlari o‘rganilgan. Ko‘llar ekologik holatining mavsumiy o‘zgarishlari biotik perifiton indeksi, saproblik indeksi bo‘yicha aniqlangan. Ko‘llarning turli mavsumlardagi ekologik holati asosan AB tipga mansub bo‘lib, kam ifloslangan, ekologik holati qoniqarli suv havzalariga kiradi. Faqatgina bahorda Yangiqadam, Ta’mirchi, Otbotgan va Echkiyor ko‘llarida AB-Ab tip - kam iflos-iflos suvlar, o‘tish ekologik holati, Sho‘rko‘l ko‘lida esa Ab – iflos suvlar, qoniqarsiz ekologik holat kuzatilgan.

Mualliflar haqida

  • Nishonov Baxriddin Erkinovich,, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti

    Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi,

  • Sattarova Fazilat Yusupboevna, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

  • Saidmaxmudova Laylo Abdullaevna, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti

    Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-07-17

Son

Bo‘lim

Articles