CHANG BOʻRONLARI VAQTIDA HAVODAGI CHANG MIQDORINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH (Surxondaryo viloyati misolida)
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23602926Kalit so‘zlar:
Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlari, chang boʻronlari, chang kontsentratsiyasi, chang zarralarining havodagi miqdori, “Afgʻon shamoli”.Annotatsiya
Hozirgi vaqtda bir qancha mamlakatlarda kuzatiladigan chang boʻronlarining ta`siri ortib borayotganligi ekologik muammolardan biriga aylanib boʻldi. Atmosferadagi mayda donador 100 millimikrondan kichikroq boʻlgan qattiq yoki suyuq zarralardan iborat chang zarralarining atrof-muhitga ta`siri oʻrganildi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) tatqiqotlariga koʻra, har kubometr uchun 10 millimetrik chang kontsentratsiyasi insonlarga oʻlim xavfini tugʻdiradi. Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlarida ya'ni Sherobod tumani, Muzrobod tumani, Angor tumani, Termiz tumani va Termiz shahri kabi qator shahar va tumanlarda, kuzatiladigan mahalliy tilda “Afgʻon shamoli” ta`sirida yuzaga keladigan chang boʻronlari vaqtida 2,5, 5 va 10 mkmli chang zarralarining havodagi miqdorining ortishi hamda noqulay ekologik sharoit keltirib chiqarishini toʻrtta asosiy tadqiqot ustuvorligi asosida oʻrgandik: qum va chang boʻronlarining sogʻliqqa har tomonlama ta’siri, shu jumladan qisqa va uzoq muddatli ta’sirlar, kasalliklar, mintaqalar va sogʻliq natijalari; qum va chang boʻronlari paytida asosiy zarracha oʻlchamlari va toksik zarracha komponentlari; ta’sirning mintaqaviy oʻziga xosligini hisobga oladigan koʻp markazli tadqiqotlar asosida Surxondaryo viloyatining bir nechta hududlaridagi chang boʻronlarini
monitoring qilish oraqali oʻrgandik.