«Ekologiya xabarnomasi» ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnali
Jurnal haqida
"Ekologiya xabarnomasi" ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnali 1995-yildan buyon muntazam ravishda chop etilib kelinmoqda. Mazkur jurnal ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikni saqlash hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritishga ixtisoslashgan nashr hisoblanadi.
Jurnal sahifalarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, ilmiy tadqiqotlar natijalari, innovatsion texnologiyalar, ekologik monitoring, yashil iqtisodiyot, ekologik ta'lim va madaniyat, suv, havo hamda tuproq resurslarini muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurash, iqlim o‘zgarishiga moslashish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid maqolalar muntazam e'lon qilib boriladi.
Jurnalga ilmiy maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi hamda barcha qo‘lyozmalar ikki bosqichli (double-blind) taqriz asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tan olingan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.
"Ekologiya xabarnomasi" jurnali har chorakda (yiliga 4 marta) chop etiladi. Jurnal ISSN 2010-703X raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2021-yil 8-oktabrda 0515-sonli guvohnoma bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Saytimizning "Arxiv" bo‘limi orqali jurnalning barcha sonlarini elektron (.pdf) shaklda yuklab olishingiz mumkin.