XORAZM VILOYATI KO‘LLARI EKOLOGIK HOLATI VA SUV SIFATINING MAVSUMIY O‘ZGARISHLARI
Kalit so‘zlar:
ko‘l, suv sinfi, suv sifati, biotik perifiton indeksi (BPI), saproblik indeksi (SI), suv ekotizimlari, ekologik holat, Xorazm viloyati.Annotatsiya
Ushbu maqolada Xorazm viloyati Yangiariq, Bog‘ot va Tuproqqal’a tumanlaridagi Sho‘rko‘l, Ta’mirchi, Yangiqadam, Echkiyor, Chegara, Otbotgan va Sardoba ko‘llaridan mavsumiy olingan gidrobiologik namunalar tahlili natijalari asosida ko‘llar ekologik holatining mavsumiy o‘zgarishlari o‘rganilgan. Ko‘llar ekologik holatining mavsumiy o‘zgarishlari biotik perifiton indeksi, saproblik indeksi bo‘yicha aniqlangan. Ko‘llarning turli mavsumlardagi ekologik holati asosan AB tipga mansub bo‘lib, kam ifloslangan, ekologik holati qoniqarli suv havzalariga kiradi. Faqatgina bahorda Yangiqadam, Ta’mirchi, Otbotgan va Echkiyor ko‘llarida AB-Ab tip - kam iflos-iflos suvlar, o‘tish ekologik holati, Sho‘rko‘l ko‘lida esa Ab – iflos suvlar, qoniqarsiz ekologik holat kuzatilgan.