CHO‘L-YAYLOV CHORVACHILIGINING OZUQA BAZASINI MUSTAHKAMLASH MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
cho‘l-yaylov chorvachiligi, yem-xashak bazasi, tabiiy yaylovlar, fitomelioratsiya, yaylov degradatsiyasi, galofit o‘simliklar, yem-xashak ekinlari, sho‘rlangan tuproqlar, artezian suvlari, yaylov mahsuldorligi.Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonning cho‘l-yaylov chorvachiligida yem-xashak bazasini mustahkamlashning dolzarb muammolari tahlil qilingan. Tabiiy yaylovlarning degradatsiyasi, ularning mahsuldorligi pasayishining sabablari hamda fitomelioratsiya tadbirlarining samaradorligi yoritilgan. Mahalliy sharoitga mos yem-xashak o‘simliklari, jumladan saksovul, qandim, teresken, yantoq va galofit o‘simliklarni joriy etish orqali yaylovlar mahsuldorligini oshirish imkoniyatlari baholangan. Shuningdek, sug‘oriladigan sho‘rlangan yerlarda yem-xashak ekinlarini yetishtirish va mahalliy artezian suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari cho‘l-yaylov ekotizimlarining barqarorligini ta’minlash hamda chorvachilikning yem-xashak ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.